Bodibilderning salto qilishga urinishi fojiali yakunlandi

1 daqiqa o'qish5.8K
Bodibilderning salto qilishga urinishi fojiali yakunlandi
Janubiy afrikalik bodibilder, o‘smirlar o‘rtasida sobiq jahon chempioni Sifiso Lungelo Tabeta musobaqalar vaqtida halok bo‘ldi. Yosh sportchining salto qilishga urinishi uning o‘limiga sabab bo‘lgan. Sportchi musoqaba vaqtida arena o‘rtasiga chiqayotganda yorqin ko‘rinish maqsadida salto qilishga uringan, biroq uning urinishi muvaffaqiyatsiz chiqib, u boshi bilan yerga tushgan va bo‘yin umurtqalarini sindirib olgan.

Voqea 5 avgustda sodir bo‘lgan, biroq u haqda endigina ma’lum qilingan. Tomoshabinlar 23 yoshli bodibilderning hayotidagi so‘nggi tryukini videoga muhrlashgan.

Rolikdan ko‘rinishicha, sportchi yerga tushgach, turolmay qolgan. Unga yordam berishga urinishlar besamar ketgan, sportchining hayotini saqlab qolish muvaffaqiyatsiz yakunlangan.

“Bodibilding hamjamiyati umlazilik bodibilder, Sifiso Lungelo Tabetaning fojiali o‘limi haqidagi xabardan karaxt holda va qayg‘uga cho‘mgan”, deb yozilgan Janubiy Afrikada chop etiluvchi bodibilding haqidagi Muscle Evolution jurnalida.

Sportchining muxlislari va do‘stlari ham uning bevaqt o‘limi sababli Instagram’da uning surati ostida o‘z hamdardliklarini bildirganlar.

Manba: Kun.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?