
14 avgustdan 15 avgustga o‘tar kechasi, soat taxminan kechki birlar atrofida Qarshi shahridagi avtomobillarga gaz qo‘yish shoxobchasida portlash yuz bergan, deb yozadi Kun nashri.
Guvohlarning ma’lum qilishicha, portlash zarbi ancha uzoq masofada ham sezilgan. Yana bir guvohning aniq ma’lumot berishicha, portlash mahalliy “Mexanizator” temir yo‘l bekati yaqinidagi shoxobchada sodir bo‘lgan. Yana bir manbaning aytishicha, gaz ortgan yuk mashinasi portlab ketgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir kishi jabrlangan va shifoxonaga yotqizilgan. Qurbon bo‘lganlar haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar