
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi bosh hisobchisi Nabiev Shukrullo Po‘latovich pora bilan qo‘lga tushdi.
Voqea mana bunday: depertamentning Shofirkon, Peshko‘, Jondor va Olot tumanlari bo‘limlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun quyosh batareyalarini o‘rnatish rejalashtiriladi. Biroq bosh hisobchi ish bitgandan so‘ng o‘rnatib berilgan quyosh batareyalari uchun shartnomada ko‘rsatilgan pulning 85 foizini to‘lab berish uchun ta’magirlik yo‘lini tutdi.
U shartnomada ko‘rsatilgan pulni to‘lash evaziga 1,5 ming AQSh dollari miqdorida pora olayotgan paytida qo‘lga tushdi.
Bu haqdagi videoni quyida tomosha qilishingiz mumkin:
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar