18:10 / 24.08.2017
10 088

OAV: O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimova ishi bo‘yicha Rossiyaga so‘rov yubordi

OAV: O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimova ishi bo‘yicha Rossiyaga so‘rov yubordi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Rossiya hukumatidan Gulnora Karimovaning mol-mulkiga taqiq qo‘yishni so‘ramoqda, deb yozadi Qalampir.uz nashri.

“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Rossiya Federasiyasi prokuraturasidan Gulnora Karimovaga nisbatan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha huquqiy yordam so‘rab, uning ushbu mamlakatdagi mol-mulkiga taqiq qo‘yish bo‘yicha so‘rov yubordi”, deyiladi xabarda.

Avval xabar berganimizdek, 2013 yil 24 oktyabrda “Terra Group” MChJ, “Prime Media” MChJ, “Gamma Promotion” MChJ faoliyatida soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi rasman to‘liq ma’lumot bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimovaga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168, 178, 182, 189, 228 va 243-moddalari bilan ayblov e’lon qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » OAV: O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimova ishi bo‘yicha Rossiyaga so‘rov yubordi