
Biz uchun aziz va qadrdon bo‘lgan muhtaram o‘quvchilarimiz, barchangizni hayit ayyomi bilan tabriklaymiz!
Bugun Iyd Qurbon bayrami. Zamin.uz tahririyati jamoasi Sizlarni va Siz qatori oila a’zolaringizni ulug‘ ayyom – Qurbon hayiti bilan chin qalbdan, samimiy muborakbod etadi. Ushbu saodatli kunlarda Allohdan mo‘min-musulmonlarning duo-iltijolari, savob amallarini qabul aylashi hamda Vatanimizni yanada obod, xalqimiz farovonligini ziyoda qilishini so‘raymiz.
Sizlarning xonadoningizda tinchlik-xotirjamlik, qut-baraka va yaxshilik bo‘lishini tilaymiz. Mana shunday aziz va mo‘’tabar kunda har doim birga bo‘lish nasib etsin.
Mustaqil va tinchlik hukmron O‘zbekistonimizga bu ayyomlar yarashadi. Bolalar quvonchi-yu, keksalarning duoda bo‘lishi bu kunga o‘zgacha fayz kiritadi.
Zamin.uz tahririyati xodimlari har doim yaxshi kunlarda birga bo‘lishni va xonadonlarimizdagi tinchlik-xotirjamlik bardavom bo‘lishining tilakdoshi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar