10:30 / 04.09.2017
7 706

Toshkentda YHXB inspektori 450 dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Toshkentda YHXB inspektori 450 dollar pora bilan qo‘lga tushdi
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi inspektori 450 dollar pora olayotganda ushlandi.
Toshkentlik fuqaro haydovchilik huquqidan 2 yilga mahrum etilgan tanishiga haydovchilik guvohnomasini tez muddatda qaytarib olishda IIB vakilidan yordam so‘raydi.

Inspektor haydovchilik guvohnomasini muddatidan oldin tiklab berish evaziga 450 dollar pora talab qiladi, deya xabar bermoqda «1news.uz».

Yo‘l harakati xavfsizligi rasmiysi ko‘rsatilgan miqdordagi pulni olayotganda qo‘lga tushirilgan.

Qayd etilishicha, el-yurt tinchligiga xizmat qilishga qasamyod qilgan S. Yusupjanov sharafli ichki ishlar sohasiga nomunosib ekanini ko‘rsatgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda YHXB inspektori 450 dollar pora bilan qo‘lga tushdi