22:33 / 21.09.2017
7 729

Erkak ayoliga benzin sepib, uni yoqib yubordi...

Erkak ayoliga benzin sepib, uni yoqib yubordi...
Sharqiy-Qozog‘iston viloyatidagi qishloqlardan birida joylashgan uyda noxush hodisa ro‘y berdi.

Bir uyda yashovchi 56 yoshli erkak va uning ayoli o‘rtasida kelib chiqqan janjal oqibatida ayol “yonib” ketdi. Bu haqda “YK-news.kz” sayti xabar bermoqda.

56 yoshli erkak va uning ayoli birgalikda aroq ichishgan, keyin ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan.

G‘azab otiga mingan erkak lampa ichidagi benzinni ayolning yuziga qarata sepib yuborgan va ustiga gugurt chaqib uloqtirgan.

Avvaliga, o‘zaro janjal boshlangan paytda erkak ayolga musht ko‘taradi, keyin dasturxondan pichoq olib, uning dastasi bilan ayolning bir necha joyiga tan jarohati yetkazadi.

Shunda ayol erkakning qo‘lidan pichoqni yulib oladi va uni ko‘kragiga tirab, bunday kaltak va xo‘rlanishlar azobidan ko‘ra uni o‘ldirishini so‘raydi.

Battar g‘azablangan erkak yonib turgan lampani olib, ichidagi benzinni ayolni yuziga sepib yuboradi. Shundan so‘ng u chekish uchun gugurt yoqadi va gugurt donasini ayolga qarata uloqtiradi.

Natijada ayolning yuzi yonib, chap qulog‘idan ayriladi, uning bo‘yni va yuzi esa kuyish jarohati sabab dahshatli ko‘rinishga kelib qoladi.

Bu holdan qo‘rqib ketgan erkak ayolning ustiga suv sepib, olovni o‘chiradi. Ayol oradan 4 kun o‘tibgina tasodifan bu haqda xabar topgan o‘g‘lining talabi bilan shifoxonaga murojaat qiladi.

Erkak avvaliga ayolni yolg‘on ko‘rsatma berishga undaydi, ammo ayol shifokorlar va politsiyachilarga rostini so‘zlab beradi. Shu tariqa yuz bergan voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlanadi.

O‘zganing salomatligiga shavqatsizlarcha zarar yetkazganligi uchun sud erkakka nisbatan 7 yillik ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Erkak ayoliga benzin sepib, uni yoqib yubordi...