23:45 / 01.10.2017
6 595

Necha nafar o‘zbekistonlikning «qora ro‘yxat»dan chiqarilganligi ma’lum bo‘ldi

Necha nafar o‘zbekistonlikning «qora ro‘yxat»dan chiqarilganligi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston hukumati radikallar va ekstremistlar safini tark etgan fuqarolarga osoyishta hayotga qaytishiga yordam bermoqda, deb ta’kidladi jumani kuni O‘zbekiston diniy ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Artumbek Yusupov.

"Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy yilda diniy eksremizmning oldini olish bo‘yicha asosiy chora-tadbirlar belgilangan, bular: diniy-ekstremizm faoliyatiga adashib jalb qilingan shaxslarni ogohlantirish, ularning osoyishta hayotga qaytishlari uchun har tomonlama ko‘mak berish, shuningdek jamiyatda ushbu toifadagi shaxslarga insonparvarlik munosabatlarini shakllantirishdir", — deb aytgan Yusupov Moskva va butun Rus patriarxi Kirill bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.

Yusupovning ta’kidlashicha, buning natijasida 16 mingdan ziyod kishi huquqni muhofaza qilish organlari "qora ro‘yxati"dan chiqarilgan.

"Islom dini niqobi ostida ekstremizm xalqaro miqyosda haqiqiy harbiy kuchga aylanib bormoqda", — degan Yusupov.

Diniy qo‘mita raisi shuningdek, ekstremizmga qarshi kurashish maqsadida respublikada har yili internet tarmog‘ida ekstremistik tashkilotlar faoliyatiga qarshi kurashish va yoshlarni diniy bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash va missionerlik faoliyati profilaktikasiga qaratilgan dastur qabul qilinishini qo‘shimcha qilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan 2016 yilning birinchi yarmida diniy-ekstremistik va terroristik uyushmalar tarafdorlari bo‘lgan 549 kishi qo‘lga olingan. Avgust oyida O‘zbekiston pralamenti e’lon qilgan ma’lumotlarga muvofiq, 2017 yilning birinchi olti oyida ekstemistik va terroristik xarakterga ega 334ta jinoyat fosh etilgan, qo‘lga olinganlardan 7 mingga yaqin ekstremistik adabiyotlar va hukumatga qarshi qaratilgan varaqalar olib qo‘yilgan.

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Necha nafar o‘zbekistonlikning «qora ro‘yxat»dan chiqarilganligi ma’lum bo‘ldi