
Voronejda yashovchi ikki O‘zbekiston fuqarosi inson savdosi bilan bog‘liq jinoiy ish ishtirokchisiga aylandi, deb xabar berdi Kun nashri.
39 yoshli erkak va uning 29 yoshli turmush o‘rtog‘i kichik qizini sotishga urinayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Tergov versiyasiga ko‘ra, joriy yilning 8 sentyabrida ayol qiz farzandli bo‘lgan, biroq uni tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazmagan.
Kuni kecha kechqurun juftlik notanish odamlarga 30 ming rublga sotmoqchi bo‘ldi. Biroq ular o‘zlarining g‘arazli niyatlarini oxirigacha amalga oshira olishmadi, zero politsiya xodimlari ularni nazorat qilayotgan bo‘lgan.
Manbaga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari RF JKning 30-moddasi 3-qismi, 127-modda 2-qismining "b, z" bandlari bo‘yicha ayblanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar