Har yili kuz mavsumida AQSh Davlat departamenti tomonidan e’lon qilinadigan «Grin kard» anketasini to‘ldirish muddati o‘zgartirildi. Bu haqdagi ilk rasmiy ma’lumotni AQShning Ekvadordagi konsullik idorasi xabar berdi.
Unda aytilishicha, joriy yilda Green Card lotereyasini o‘tkazilishiga oid sanalarda o‘zgarish yuz berib, anketalarni 18 oktyabrdan boshlab to‘ldirish mumkin. Shu paytgacha to‘ldirilgan barcha anketalar ham qaytadan kiritilishi shart, aks holda ularning haqiqiyligi tasdiqlanmaydi.
Xabarda aytilishicha, anketalarni to‘ldirishning so‘nggi muddati 22 noyabr kuni yakuniga yetadi. Shuningdek, mazkur idora bergan ma’lumotga ko‘ra, Green Card 2019 natijalari 2018 yil 15 maydan so‘ng e’lon qilinadi.
Hozircha bu haqda Davlat departamentining rasmiy sahifasida hech nima deyilmagan. AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ham mazkur masalaga rasmiy izoh bermagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi