Uzoq muddatli sarguzashtlarni xush ko‘ruvchi amerikalik sayyohatchi Chak Penington O‘zbekistonga uyushtirgan safari va undan so‘ng mamlakat to‘g‘risida paydo bo‘lgan ajoyib xotirasini chop etdi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
“Mening turli yurtlarga sayohat qilganimni bilgan sayyohlik agentligi xodimi biroz suhbatlashgandan so‘ng, O‘zbekistonga borishim kerakligini aytib qoldi va men bunga rozi bo‘ldim. Sentyabr oyida serquyosh o‘lkaga yo‘l olgan sayyohlar jamoasi ichida, men yagona amerikalik edim. Ochig‘i, boshida bu meni ikkilantirib qo‘ydi. ”To‘g‘ri qaror qabul qildimmi?", deya o‘z-o‘zimga savol beraverdim.
Aeroportdan tushib kelishim bilan, o‘zbek xalqi qandaydir maxsus mehmonni kutib olganday alohida noziklik bilan muomala qilishi - mendagi barcha shubhani yo‘q qilib yubordi. O‘zbekiston haqida chetda ko‘pincha bu joy sayyohlar uchun xavfsiz joy emas, qabilidagi aqidani eshitgandim. Lekin, men bu joyda o‘zimni juda-juda xavfsiz his qildim”, deydi sayyoh.
Peningtonni O‘zbekistondagi tarixiy-madaniy binolar, hatto yo‘lakda qo‘l bilan bostirilgan toshlar ham hayratga solganini yozadi.
“Ayrim ko‘chalarda aholi gavjum markazlar qayerda ekaniga ishora qiluvchi yo‘laklar mavjud. Umuman olib qaraganda, Islom madaniy obidalari bilan zamonaviy uslub uyg‘unlashib ketgan. Chilustun binosi haqida eshitgandim, shu zahoti u yerni ham ziyorat qilishga otlandim. Ustun aslida qirqta emas, balki suvdagi aksi bilan hisoblansa shuncha chiqadi”, deb fikr bildirgan u.
O‘zbekistonning cho‘l-dasht hududlariga tashrif buyurgan sayyoh tuya mingani haqida maroq bilan so‘z yuritadi.
“Ochiq osmon ostidagi o‘tovda dam olish, buning ustiga gulxan atrofida isinib o‘tirish - aynan men orzu qilgan yumushdan biri. Qayga borsam ham mahalliy aholi menga qiziqish bilan qaraydi, yordam berishga, tillashib, birozdan so‘ng suratga tushishni istaydi. Ayniqsa, uning xonadonida tekinga mehmon bo‘lishingizni iltimos qiladi.
Albatta, barcha turdagi sayyohlar O‘zbekistonni birdek sevib qoladi, deya olmayman. Ammo bu yurt tajribali, ko‘pni ko‘rgan kishi uchun qiziqarli maskan, eng kamida hayotni boshqa nigohda ko‘rishni istasangiz O‘zbekistonga keling”, deb fikrini yakunlagan u. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi