Eynshteynning baxt retsepti auksionda 1,5 mln dollarga sotildi

1 daqiqa o'qish6.5K
Eynshteynning baxt retsepti auksionda 1,5 mln dollarga sotildi
Isroilda o‘tkazilgan kimoshdi savdosida Albert Eynshteynning baxt retsepti 1,5 million dollarga sotildi. Baxtga yetishish siri mashhur fizik olim tomonidan 95 yil muqaddam Tokiodagi mehmonxonalardan birida xat tashuvchiga minnatdorlik ramzi sifatida hadya etilgan.

1922 yilda Yaponiyaga ma’ruza o‘qishga kelgan buyuk fizik (u yaqindagina Nobel mukofotiga sazovor bo‘lib, mashhurlikning ilk «meva»larini tatib ko‘rayotgan bir pallada) xat tashuvchiga berish uchun chaqa topolmay qoladi. Kuryerni quruq qo‘l bilan qaytarib yuborishni o‘ziga ep ko‘rmagan olim hayotda asqotadigan bir juft maslahatni qog‘ozga nemis tilida yozadi-da, yigitchaga bu maslahatlarni saqlab qo‘yishni qattiq tayinlaydi.

«Kelajakda ularning bahosi oddiy choy-chaqadan ancha baland bo‘lishi mumkin», — deydi olim.
«Omad ketidan quvib, o‘zni behalovatlikda qoldirgandan ko‘ra, osuda va kamtarin hayot insonga ko‘proq baxt ulashadi», — deyiladi Eynshteynning mehmonxonaga tegishli blankda yozilgan maslahatida.

Ushbu lot uchun noma’lum xaridor 1,56 million dollar to‘ladi, deb xabardor qiladi Winners kimoshdi uyi xabariga asosan Sof nashri.
Buyuk fizik olimning ikkinchi maslahatida esa: «Gar iroda bo‘lsa, imkon ham topiladi» degan so‘zlar bitilgan. Ma’lumotlariga ko‘ra, ikkinchi xat auksionda 240 ming dollarga sotilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?