Jasurbek Ibrohimov ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi

2 daqiqa o'qish8.7K
Jasurbek Ibrohimov ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi
Bugun, 30 oktyabr, dushanba kuni Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o‘quvchisi Jasurbek Ibrohimovning o‘limi yuzasidan sud jarayoni yakunlandi va hukm o‘qildi. «Kun.uz» muxbiri ma’lumot berishicha, Mirobod tuman sudi ayblanuvchi Islombek To‘laganovni 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish bo‘yicha hukm chiqargan.

Islom To‘laganov Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» punkti bilan (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) ayblangandi.

Sud Jasurbek Ibrohimov 3 may kuni olingan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan degan xulosaga kelgan.

Prokuror sudda To‘laganovni 6 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llashni so‘ragandi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning yozida tibbiyot kolleji talabalari o‘rtasidagi mushtlashuv oqibatida ulardan biri halok bo‘lishi jamoatchilik muhokamasida bo‘ldi. 3 may kuni ro‘y bergan mushtlashuv oqibatida og‘ir tan jarohatlangan Jasur Ibrohimov bir oy davomida shifoxonada bo‘lgan, u 5 marta operatsiya qilingandi. Ammo shifokorlar uning hayotini saqlab qola olishmadi va u 1 iyun kuni vafot etdi

Bu voqea jamoatchilikda katta rezonans keltirib chiqardi. Toshkent shahri aholisi adolatli tergov o‘tkazilishi va aybdorlar jazolanishini so‘rab imzo yig‘di.

Borovskiy kolleji ushbu voqealar ortidan yopildi.

Islombek To‘laganov iyun oyi boshida hibsga olingandi. Ushbu jinoyat bo‘yicha tergov jarayonini O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev shaxsan nazoratiga oldi. Ish bo‘yicha ilk sud eshituvi 26 senyatbr kuni Mirobod tumani sudida bo‘lib o‘tdi.

Sud mojaro ishtirokchilarining ota-onalari, guvohlar, sud tibbiy ekspertlarining ko‘rsatmalari tinglandi. Sud jarayoni ishtirkochilarining ko‘rsatmalari bir-biriga zid bo‘lar va chalkashliklar yuzaga kelardi.

Oxirgi sud yig‘ilishida ham jabrlanuvchining advokati Lola Ismoilova prokuror ayblov xulosalariga e’tiroz bildirib, ishni guruh bo‘lib kaltaklash sifatida tasniflash kerakligini aytdi. Advokat janjalning barcha ishtirokchilarini jazolashni so‘radi.

Sudlanuvchining advokati esa mojaro Jasur Ibrohimov aybdor bo‘lganini aytib, uning o‘limiga shifokorlarning beparvoligi sabab bo‘lganini keltirdi hamda himoyasidagi shaxsni darhol ozod qilishni so‘radi.

1999 yilda tug‘ilgan Islombek To‘laganov Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» punkti bilan (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) aybdor deb topildi va unga 6 yillik qamoq jazosi belgilandi (umumiy tartibdagi koloniya).

Yuqoridagi modda 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etishni ko‘zda tutadi, voyaga yetmaganlar uchun - 7 yilgacha.

Tomonlar sud hukmidan norozi bo‘lsa, belgilangan tartibda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida yuqori turuvchi idoraga murojaat qilishi mumkin.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?