Toshkentda bir oilaning uch qizi birin-ketin vafot etdi

1 daqiqa o'qish11.8K
Toshkentda bir oilaning uch qizi birin-ketin vafot etdi
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Beshqo‘rg‘on mavzei (Tansiqboyev-3)da yashovchi oilaning uch norasida farzandi ketma-ket vafot etdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bu oilani yaqindan tanigan qo‘shnilarning so‘zlariga ko‘ra, qizlar qiyma kabob tanovul qilganidan so‘ng qorinda og‘riq paydo bo‘lganini aytishgan. Keyin esa og‘riq qoldiruvchi dori iste’mol qilishgan.

Biroq biroz vaqt o‘tgach, qizlarning ahvoli yanada og‘irlashadi va ulardan birining joni «tez yordam» mashinasida uziladi. Qolgan qizlarning ham ahvoli og‘ir bo‘lganligi sabab yuqumli kasalliklar shifoxonasiga jo‘natiladi. Ma’lum bo‘lishicha, ular ham birin-ketin vafot etishgan.

Hozirda yosh qizaloqlar aynan nima sababdan vafot etgani haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Ularning dori yoki iste’mol qilingan taomdan zaharlangani taxmin qilinmoqda. Tuman prokuraturasi esa mazkur voqea yuzasidan jinoyat ish ochgan.

Kun.uz yozishicha, sayt muxbiri mazkur fojia tafsilotlarini bilish maqsadida Respublika sanitariya-epidemiologiya xizmatiga murojaat qilganida, markaz xodimasi bu ish bo‘yicha ma’lumot berishdan bosh tortdi. Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi ham voqea yuzasidan aniq ma’lumot bermadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?