Aksariyat infarkt holatlariga nima sabab bo‘lishi ma’lum qilindi

1 daqiqa o'qish7.5K
Aksariyat infarkt holatlariga nima sabab bo‘lishi ma’lum qilindi
Kutilmaganda tekkan merosdan xursandchilikda o‘lish “amrimahol” bo‘lsa-da, biroq birja yoki qimorda yutqazish odamning o‘limiga olib kelishi mumkin.

Kardiolog-shifokorlar va olimlar Janubiy Afrikaning yurak-tomir kasalliklari uyushmasining 18-kongressida ko‘plab mutaxassislarni xavotirga solgan hisobotni tingladilar. Aniqlanishicha, aksariyat o‘lim bilan tugovchi infarktlar u yoki bu moliyaviy yo‘qotishlar bilan bog‘langan ekan.

Yoxannesburgdagi Vitvatersrand universiteti olimlari o‘tkir yurak yetishmovchiligi xurujlarining aksariyat qismi u yoki bu tarzda psixosotsial omillar bilan bog‘langanini qayd qilishdi. Bu omillar orasida birinchi o‘rinda moliyaviy mablag‘lar va boshqa aktivlar turadi.

Olimlarning aytishicha, agar odam uzoq vaqt davomida moliyaviy qiyinchiliklar bilan bog‘liq kuchli stresslarni boshdan kechirgan bo‘lsa, unda Miokard infarkti paydo bo‘lishi xavfi oshar ekan.

Olimlarning ta’kidlashicha, infarktni keltirib chiqaruvchi moliyaviy xatarlarga oilaviy, shaxsiy munosabatlar va karyera bilan bog‘liq muammolar ta’sir qilishi mumkin. Olimlarning aytishicha, bularning barchasi inson salomatligiga yomon ta’sir o‘tkazadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?