11:00 / 02.01.2018
5 065

Nobel mukofoti sovrindori qarishni sekinlashtirishning 5 usulini ma’lum qildi

Nobel mukofoti sovrindori qarishni sekinlashtirishning 5 usulini ma’lum qildi
Nobel mukofoti sovrindori, biolog Elizabet Blekbern qarishni sekinlashtirishning 5 ta usulini ma’lum qildi. U Business Insider nashri bilan suhbatida o‘z maslahatlarini berdi.

Mutaxassis “xromosomalar tana hadlari hududlarining qisqarishi natijasida qarish nazariyasi” bo‘yicha olib borgan ilmiy ishiga asoslangan holda fikr yuritgan.

Birinchidan, Blekbern stress bilan kurashishni tavsiya etadi. U tadqiqoti davomida autizm va boshqa surunkali kasalliklarga chalingan farzandlarini tarbiyalayotgan onalarni o‘rgangan. Bunda tushkunlikka bardoshli onalarda tana hadlari ancha sekin qisqargan.

Ikkinchidan olima meditatsiya qilishni maslahat bergan. Uning ta’kidlashicha, ikki oy mobaynida har kuni 12 daqiqa meditatsiya qilganlarning tana hadlari o‘zgarishi sekinlashgan.

Bundan tashqari, Blekbern qo‘shnilar bilan ko‘proq muloqotda bo‘lish, oila qurib, butun umrlik turmush o‘rtog‘i bilan yashashni tavsiya qiladi.

Shuningdek, biologning fikricha, pul ishlab topish ham keksayishni sekinlashtiradi. Uning aytishicha, tadqiqotlar yuqori daromadli insonlarning tana hadlari odatda uzun bo‘lishini ko‘rsatgan.

Elizabet Elen Blekbern — amerikalik sitogenetik olima va fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha 2009 yilgi Nobel mukofoti sovrindori. U Kerol Greyder va Jek Shostak bilan birga ushbu mukofotga munosib ko‘rilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nobel mukofoti sovrindori qarishni sekinlashtirishning 5 usulini ma’lum qildi