Xitoyga kelin sifatida olib kelinayotgan 100 nafardan ziyod vetnamlik xotin-qiz yo‘lda yo‘qolib qoldi

Xitoy hukumati ayni paytda Xebey viloyatida izsiz g‘oyib bo‘lgan 100dan ortiq, asli vetnamlik bo‘lgan kelinlarni izlash harakatlarini olib bormoqda. Bu haqda “BBC News”ga asoslanib “Kun.uz” xabar bermoqda.
Xitoy matbuotida berilgan xabarlarga ko‘ra, bu ayollarni Vu Meyyu ismli xebeylik sovchi Xebeydagi erkaklarga turmushga berish uchun Vetnamdan olib kelayotgan bo‘lgan, biroq noyabr oyi oxirida Xandan shahri yaqinida ularning barchasi g‘oyib bo‘lgan.
Mahalliy OAVda Vetnamdan 100dan ortiq kelin bilan qaytayotgan sovchi chet eldan kelin olib kelishni o‘ziga kasb qilib olgani aytiladi. U bu kelinlar uchun har bir talabgordan oldindan bir necha o‘n ming yuandan pul olgan.
Polisiya hozirgi vaqtda Vu Meyyuning iziga tushgan. “China Daily” gazetasi mahalliy amaldorlarning biridan iqtibos keltirishicha, bu yo‘qolgan guruh shu hududdagi jinoiy tashkilot tomonidan o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkin.
Yaqin vaqtlargacha Xitoyda amalda bo‘lgan “bir oilaga – bir farzand” siyosati tufayli mamlakatda gender muvozanati buzilgan (erkaklar soni ayollarnikidan ko‘payib ketgan), sababi xitoyliklar oilada ko‘proq o‘g‘il farzand bo‘lishini ma’qul ko‘rishadi. Shu sababli, asosan qishloq joylardagi bo‘ydoq erkaklar Vetnam, Kamboja, Myanma kabi qo‘shni mamlakatlardan xotin topish maqsadida tanishuv xizmatlariga murojaat qilishga majbur bo‘lishmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing