10:45 / 01.02.2018
6 673

Qoraqalpog‘istonlik 9 yashar qiz jahon rekordini yangiladi (foto)

Qoraqalpog‘istonlik 9 yashar qiz jahon rekordini yangiladi (foto)
“Zo’r TV” telekanalining “Indigo” loyihasi, “Sport” telekanalining “Record.uz”, Qoraqalpog‘iston telekanalining “Ayqulaq” (“Kamalak”) ko‘rsatuvlari orqali ko‘pchilikka tanilgan, noyob qobiliyat egasi, Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumanida tavallud topgan Jansuluv Tatlimuratovaning dovrug‘i butun dunyoga tarqalmoqda.

9 yashar Jansuluv tabiatan og‘ir bosiq, o‘z ishiga puxta, aqlli qiz.

U sportning badiiy gimnastika turi bilan ikki yarim yoshidan boshlab shug‘ullana boshlagan. Jansuluvning harakatlari nozik va go‘zal.

Jansuluv hozirgi kunda Taxtako‘pir tumanidagi 3-sonli umumta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi. U o‘qish bilan birga 17-sonli bolalar musiqa va sa’nat maktabida ustozi Go‘zal Shaxiyevadan turli xalqlarning raqslarini o‘rganmoqda.

9 yoshar Jansuluv hozir shogird ham tayyorlab boshladi. U gimnastika sirlarini shogirdi 6 yashar Aydana Pirniyazovaga ham o‘rgatmoqda.

J.Tatlimuratova “Sport” telekanalining “Record.uz” ko‘rsatuvida “Eng egiluvchan plastik qiz” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bayrami arafasida “Zo’r TV” telekanali tomonidan qobiliyatli bolalar uchun tashkillashtirilgan “Indigo” sport musobaqasiga ham qatnashib, iste’dodi bilan ko‘pchilikni dog‘da qoldirdi. Ayniqsa, u temirni 5 daqiqa tishlab turib, jahon rekordini yangiladi, deb yozadi Qoraqalpog‘iston axborot agentligi.

Kichkina gimnast qizning repertuaridan kichik sandiqdan tasodifan chiqib, nozik va suluv harakatlarini ko‘rsatish, havo gimnastikasi, unda havoda turib, murakkab harakatlarni zukkolik bilan ko‘rsatish, musiqa sadolari ostida harakatlanib kamonda nishonga o‘q otish kabi kompozitsiyalar o‘rin olgan.

– Ginnesning rekordlar kitobiga xat yo‘lladik. Qizimning qobiliyatini jahon arenalarida ko‘rsatib, uni shu kitobga kiritsa baxtli ona bo‘lgan bo‘lar edim, – deydi onasi Gulmira. – Jansuluv ayni paytda Xitoy va Rossiyada o‘tkaziladigan tanlovga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qoraqalpog‘istonlik 9 yashar qiz jahon rekordini yangiladi (foto)