
Milliy xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi hududiy boshqarma xodimlari bilan birgalikda valyutafurushlarni aniqlash bo‘yicha reyd o‘tkazdi.
Qo‘qon shahridagi “Mediapark” savdo majmuasida Jamshid Niyozov ismli shaxs 1 dollarga 8240 so‘mdagi kurs bo‘yicha 7400 dollarni 60,9 million so‘m evaziga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Tekshiruv vaqtida uning yonidan yana 600 dollar topilgan.
Shuningdek, reyd davomida marg‘ilonlik Ulug‘bek Mirfayozov ham 1 dollarni 8300 so‘mga teng kurs bo‘yicha 10 ming dollarni 83 million so‘m evaziga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Ayni vaqtda valyutafurushlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi, ya’ni noqonuniy ravishda valyuta qiymatiga ega bo‘lish yoki sotish aybi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar