23:40 / 14.02.2018
6 270

Ichki ishlar tizimida 3 ta yangi lavozim joriy etildi

Ichki ishlar tizimida 3 ta yangi lavozim joriy etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 14 fevral kuni «Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA saytida berilgan.

Jamoat tartibini saqlash, avvalambor, voyaga yetmagan va yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalarning buzg‘unchi tahdidlarni barvaqt aniqlash bo‘yicha yakdil harakatlarni, ularni hamkorlikda va sifatli bartaraf etilishini ta’minlash maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, quyidagi lavozimlar kiritildi:

— O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, unga jamoat tartibini samarali saqlashni, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishni ta’minlash maqsadida Toshkent shahrining barcha ichki ishlar organlari faoliyatini, shu jumladan, biriktirilgan kuch va vositalarni muvofiqlashtirish huquqi berilsin;

— Bosh boshqarma boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — profilaktika inspektorlarining, eng avvalo, voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasidagi samarali faoliyatini tashkil etish, ushbu yo‘nalishda barcha sohaviy xizmatlarning o‘zaro muvofiqlashgan hamkorligini ta’minlash uchun javobgar;

— muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining maslahatchisi — jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida katta amaliy ish tajribasiga hamda ushbu organlar tizimida obro‘ va hurmatga ega bo‘lgan ichki ishlar organlarining pensionerlari orasidan jamoatchilik asosida jamlanadi va unga to‘lanayotgan pensiyasining 30 foizi miqdorida byudjet mablag‘lari hisobidan oylik ustama haq belgilanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ichki ishlar tizimida 3 ta yangi lavozim joriy etildi