16:50 / 17.02.2018
6 830

«Million» jamoasidagi o‘zgarishlarga oydinlik kiritildi

«Million» jamoasidagi o‘zgarishlarga oydinlik kiritildi
«Million» jamoasi o‘zining yangi konsert dasturini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Ammo jamoa tarkibi o‘zgargan. Bu haqda ushbu jamoa boshlovchisi Davron Kabulov Instagram’dagi o‘z sahifasida ma’lum qilmoqda.

«Ular haqida yaxshi yoki yomon fikr bildirmayman. Hammaning o‘ziga insof bersin. Asosiysi, jamoaning Mirkomil va Alisher kabi ustunlari, tirikchilik bahona vijdoniga qo‘shib do‘stini sotib yubormaydigan Umidlar hamon «Million»ni yanada rivojlantirish yo‘lida izlanishmoqda» , - deb yozgan edi u Instagram’dagi o‘z sahifasida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Million» jamoasi tarkibiga o‘zgarishlar kiritilgan, oldingi rezidentlardan ayrimlari turli sabablarga ko‘ra jamoani tark etishgan. Bular Umid Umarov, Otabek Mirzaholov, Shahlo Zoirova va Ahmad Temurovlardir. Shu bilan birga «Quvnoqlar va zukkolar» Respublika ko‘rik-tanlovining 2017 yilgi mavsumi chempioni – Navoiyning TBT jamoasi a’zosi, «Eng quvnoq yigit» nominatsiyasi g‘olibi – Ma’ruf Nosirov jamoaning yangi a’zosiga aylangan.

Davron Kabulov bilan bog‘lanib, bu o‘zgarishlar haqida so‘raganimizda quyidagilar ma’lum bo‘ldi.

- Men hozir bu haqda batafsil to‘xtalib o‘tmoqchi emasman. Chunki bu ichkaridagi narsa, ichkarida qolishi kerak. Biz bir jamoa edik. Ammo sahnada mukammal ko‘ringan inson hayotda ham Xuddi shunday bo‘ladi, degani emas ekan. Millionlab odamlarni sevdirib, ichi to‘la kir bo‘lishi mumkin. Biz turli-tuman qiyinchiliklardan, bosimlardan, “zapret”lardan o‘tdik, endigina o‘z ijodimizni kengroq, erkinroq olib borish davri kelganda, «Million»ning ikkiga ajralib ketishi juda alam qilarli holat bo‘ldi.

Men bu jamoa bilan uzoqqa borishni niyat qilgan edim. Lekin hayotda inson o‘ylagan, u reja qilgan hamma narsa ham bo‘lavermas ekan. “Davron jamoadan bolalarni chiqarib yubordi”, degan gap-so‘zlar ham uchrashi mumkin. Ammo aslida bunday bo‘lmadi. Men har xil gap-so‘zlardan xotirjamman. Odamlarning gap-so‘zi emas, bizning qandayligimiz muhim.

Bir misol keltiraman: Futbolga qiziqaman. Devid Bekhem eng sevimli futbolchim edi. U «Manchester Yunayted»ni tark etgach, ikkilanib qoldim, jamoami yoki futbolchimi? Bu holat, menimcha, juda ko‘p muxlislarda kuzatilgan. O‘shanda hech kim bilmagandi-ki, MYuda yangi yulduz – Krishtianu Ronaldu yetishib chiqayotgan edi. Aytmoqchi bo‘lganim, jamoa har doim qoladi, jamoaning o‘rni bo‘lak.

Jamoa tarkibiga kelib qo‘shilgan Ma’ruf jamoani tark etganlarning o‘rnini to‘ldirish uchun taklif etilmadi. U o‘zi erkin ijodkor, «Million»da, albatta, uning o‘z o‘rni bo‘ladi, - deb Davron Kabulov Kun.uz’ga ma’lumot bergan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Million» jamoasidagi o‘zgarishlarga oydinlik kiritildi