
Bugun, 17 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Kogon tumanidagi harbiy qismni borib ko‘rgani haqida xabar bergan edik.
Prezident harbiylarning xizmat va yashash sharoitlari bilan tanishdi. Askar va ofitserlar bilan suhbatlashdi. Qayd etish kerak, mazkur harbiy qismda Buyuk Britaniyada o‘tgan xalqaro musobaqada ikkinchi o‘rinni olgan o‘zbekistonlik razvedkachilar ham bor edi.
Ma’lumot uchun, 2017 yil 10-17 oktyabr kunlari O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari guruhi Buyuk Britaniyada razvedka bo‘linmalari o‘rtasidagi «Kembriya patruli» xalqaro musobaqasida ishtirok etib, 29 davlatdan 139 ta jamoa ishtirok etgan musobaqada O‘zbekiston 2-o‘rinni olgan edi.
40 yildan beri o‘tkazib kelinadigan mazkur birinchilikda O‘zbekiston harbiy xizmatchilari Armaniston, Birlashgan Arab Amirliklari, Moldova va Filippin jamoalari qatorida ilk bor ishtirok etishgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar