5 406
O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro reytingda 157-o‘rinni egalladi
Transparency International xalqaro tashkiloti 2017 yil yakunlariga ko‘ra korrupsiyaga qarshi kurash darajasi bo‘yicha dunyo mamlakatlari reytingini e’lon qildi.
O‘zbekiston 22 ball to‘plab, 180 ta pog‘onaning 157-sida joylashdi va ushbu o‘rinni Burundi, Gaiti va Zimbabve bilan birga bo‘lishib oldi.
Korrupsiyaga qarshi kurash indeksi ekspertlar va tadbirkorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov asosida tuziladi va 0 dan 100 gacha bo‘lgan ball shkalasida baholanadi, bu yerda 0 korrupsiyaning eng yuqori darajasini, 100 eng past darajasini anglatadi.
Reytingda eng ko‘p ballarni Yangi Zelandiya (89 ball), Daniya (88), shuningdek, Finlyandiya, Norvegiya va Shveysariya (85 balldan) to‘pladi. Indeksdagi eng pastki o‘rinlar esa Somali (9 ball), Janubiy Sudan (12 ball) va Suriya (14 ball)ga nasib etdi.
Shuningdek, ro‘yxatda Qozog‘iston 122-o‘rin (31 ball), Qirg‘iziston va Rossiya — 135-o‘rin (29 balldan), Tojikiston — 161-o‘rin (21 ball), Turkmaniston — 167-o‘rin (19 ball)da joylashdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?