Bugun to‘y va marosimlar qanday o‘tmoqda? Aslida ular qanday bo‘lishi kerak? Bu borada haddan oshish qanday oqibatlarga olib kelmoqda?
Bular oddiy savollar emas va javobi ham oddiy bo‘lmaydi. Har bir udum va an’ananing tarixi bor. Jumladan to‘ylarning ham. Lekin oxirgi yillarda aksariyat odamlar to‘yning asl maqsadini batamom esdan chiqardi. Oqibatda jamiyatimizda, odamlar o‘rtasida bir biridan o‘zish, hasad qilish illatlari kuchaydi. Bu bema’ni “musobaqalar”dan bugun nafaqat bitta oila, balki butun jamiyat zarar ko‘rmoqda. Ajralishlar soni keskin ortib, oilalar qarz ustiga qurilib, turli ziddiyatlar vujudga kelmoqda. Isrofgarchilik ortmoqda.
Davlatimiz rahbari bu muammoning asl sababi va yechimlarini bir necha barta jonkuyarlik bilan tahlil qildi. Hozirda Oliy Majlis Senati tomonidan to‘y va marosimlarni ixchamlashtirishga qaratilgan Qaror loyihasi xalqimiz muhokamasiga qo‘yilgan. Mazkur Qaror va Nizomda qanday tartiblar belgilanadi? To‘ydan tejalgan mablag‘ga nimalar qilish mumkin? Xorijdan kirib kelayotgan ustiga asal surtilgan “zahar”ni yedirishdan maqsad nima? Ma’naviy mustamlakaga aylantirish emasmikan?
Xalqaro press klubning “Maslahatli to‘y tarqamas yoxud tanazzulga olib borayotgan hoy-u havaslar” mavzusidagi navbatdagi tahliliy sessiyasida mazkur dolzarb muammolar tahlil qilinadi. Sessiyaning birinchi qismi bugun “Axborot 24” dasturidan so‘ng namoyish etiladi
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi