4 377
So‘nggi besh yil ichida Rossiya fuqaroligini olgan o‘zbekistonliklar soni deyarli ikki barobarga ortdi
2012 yildan 2017 yilga qadar Rossiya fuqaroligini olgan xorijliklar soni deyarli uch barobarga (95 737 tadan 257 822 tagacha) ortdi, deb xabar beradi Sputnik.
2017 yilda Rossiya pasporti 85 119 nafar ukrainalikka taqdim etilgan. 2012 yildagi ko‘rsatkichlar bilan solishtirganda, bu yetti barobarga ko‘p demakdir.
O‘tgan yil natijalariga ko‘ra, ikkinchi o‘rinni qozog‘istonliklar egalladi (ularning soni 40 718 kishiga teng). Besh yil davomida ularning soni uch barobarga ortgan (2012 yilda 14 585 nafar qozog‘istonlikka Rossiya fuqaroligi berilgan).
Rossiya fuqaroligi eng ko‘p taqdim etilgan xorij mamlakatlari ro‘yxatidan Armaniston (2017 yilda—25 144 kishi, 2012 yilda—13 176 kishi) va O‘zbekiston (2017 yilda—23 334 kishi, 2012 yilda—13 409 kishi) ham o‘rin olgan.
Chet elliklar uchun Rossiya fuqaroligini olishning umumiy yoki soddalashtirilgan tartibi mavjud. Bunda birinchi holatda uch yilga vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomani taqdim etish ko‘zda tutilgan. Shundan so‘ng fuqaro besh yil muddatga beriladigan yashash huquqi uchun ruxsatnomani so‘rashi mumkin, uni olganidan keyingina Rossiya pasportiga ariza berish huquqiga ega bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti