00:39 / 13.05.2018
7 365

Haydovchi o‘z rafiqasini hamda YPX xodimini ayovsiz kaltakladi (video)

Haydovchi o‘z rafiqasini hamda YPX xodimini ayovsiz kaltakladi (video)
Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi tomonidan to‘xtatilgan haydovchi inspektorni do‘pposlayotgani tasvirlangan video ommalashdi. Videoda janjalga aralashgan ayol ham haydovchi tomonidan kaltaklangan, deb yozadi Hordiq.uz nashri.

Ayol baqirib, katta ehtimol bilan turmush o‘rtog‘i bo‘lgan haydovchini tinchlantirishga urinadi. Lekin, ayol qo‘pol muomalasi sabab o‘zi ham kaltaklarga duchor bo‘ldi.

Aytish lozimki, mazkur videoni YPX xodimining sherigi telefonida suratga olgan. Ammo, hamkasbini himoya qilish, janjalni to‘xtatishga urinish o‘rniga rulda o‘tirgancha janjalni videoga olish bilan mashg‘ul bo‘lgan YPX xodimining ushbu harakati bizni taajjubga soldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Haydovchi o‘z rafiqasini hamda YPX xodimini ayovsiz kaltakladi (video)