
Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi tomonidan to‘xtatilgan haydovchi inspektorni do‘pposlayotgani tasvirlangan video ommalashdi. Videoda janjalga aralashgan ayol ham haydovchi tomonidan kaltaklangan, deb yozadi Hordiq.uz nashri.
Ayol baqirib, katta ehtimol bilan turmush o‘rtog‘i bo‘lgan haydovchini tinchlantirishga urinadi. Lekin, ayol qo‘pol muomalasi sabab o‘zi ham kaltaklarga duchor bo‘ldi.
Aytish lozimki, mazkur videoni YPX xodimining sherigi telefonida suratga olgan. Ammo, hamkasbini himoya qilish, janjalni to‘xtatishga urinish o‘rniga rulda o‘tirgancha janjalni videoga olish bilan mashg‘ul bo‘lgan YPX xodimining ushbu harakati bizni taajjubga soldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar