3 932
Majburiy mehnat sababli vafot etgan Samarqandlik o‘qituvchining oilasi 44 mln so‘m nafaqa puli oladi
Shu yilning 14 mart kuni baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgan Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 42-sonli maktabning mehnat to‘garagi o‘qituvchisi Diana Yenikeyevaning yaqinlariga tovon to‘lovlari belgilandi. Bu haqda "Xalq bilan muloqot" guruhida xabar qilindi.
Xabarda aytilishicha, Diana Yenikeyevaning vafoti Maxsus tekshirish komissiyasi xulosasiga binoan ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa deb topilgan.
"Maxsus tekshirish komissiyasi faoliyatida kasaba uyushmalari vakili ham ishtirok etdi va voqealar rivoji O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining doimiy nazoratida bo‘lib turdi", — deyiladi xabarda.
Yakuniy hisob-kitoblarga ko‘ra, Diananing yaqinlariga quyidagi to‘lovlar to‘lanishi belgilandi:
"Agrosug‘urta" sug‘urta kompaniyasining Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan marhum Diana Yenikeyevaning oilasiga bir marta to‘lanadigan 44 mln 697 ming 96 so‘m bir yo‘la nafaqa miqdori belgilangan. Bunda Diananing olti yillik o‘rtacha ish haqi hisobga olingan.
Shuningdek, boquvchisini yo‘qotganlik tufayli Diananing farzandiga oyma-oy 206 ming 931 so‘m miqdorida nafaqa to‘lash belgilandi. Ushbu nafaqa farzandi toki 16 yoshga to‘lgunga qadar, ya’ni 2018 yil mart oyidan 2032 yil 4 fevralga qadar to‘lab boriladi.
Bundan tashqari, 2019 yil 4 fevralga qadar, ya’ni Diananing farzandi uch yoshga to‘lgunga qadar jami 2 mln 211 ming 634 so‘mlik to‘lov ham tayinlangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi