
Poytaxt yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash, tirbandliklarning oldini olish va bartaraf qilish hamda yo‘llarning o‘tkazuvchanligini oshirish maqsadida Toshkent shahar IIBB tomonidan amaliy chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Biroq, shunga qaramay, to‘xtash va to‘xtab turish taqiqlangan yo‘l belgilari ta’sir doirasida, shuningdek, avtobus bekatlari, trotuarlar, svetoforlar, burilish va qayrilib olish kabi belgilanmagan joylarda avtotransportlarning to‘xtab turishi yoki ularni qarovsiz qoldirib ketish holatlari uchramoqda.

Bunday holatlarga qarshi ta’sir doirasini kuchaytirish maqsadida Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan endilikda belgilanmagan joylarda qoldirilgan avtomobillar foto va video tasvirga olinib, o‘rnatilgan tartibda qoidabuzarliklarni rasmiylashtirish jarayoni boshlandi.
 “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
   “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!    Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 