20:08 / 15.05.2018
2 939

Andijonda yo‘l talashgan ikki haydovchining janjali pichoqbozlikka aylandi…

Andijonda yo‘l talashgan ikki haydovchining janjali pichoqbozlikka aylandi…
Andijon viloyatining Jalolquduq tumanida istiqomat qiluvchi K. P o‘zining «Matiz» rusumli avtomobilida Qo‘rg‘ontepa tumanidagi «Mustaqillik» ko‘chasi bo‘ylab ketayotib «Lada» avtomobili egasi T. O. ga yo‘l bo‘shatmagani uchun o‘rtada janjal chiqdi. Natijada T. O qo‘liga pichoq oldi-yu, K. P. ning ko‘krak qafasi qismiga jiddiy tig‘ jarohati yetkazdi.

Garchi jabrlanuvchiga o‘z vaqtida tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, u kasalxonada vafot etdi.

Hozirgi vaqtda T. O. militsiya xodimlari tarafidan qo‘lga olingan. Ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda yo‘l talashgan ikki haydovchining janjali pichoqbozlikka aylandi…