12:53 / 22.05.2018
9 300

Prokuraturada ishlashni istaysizmi?

Prokuraturada ishlashni istaysizmi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 apreldagi PF-5418-sonli Farmoni bilan tashkil etilgan Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu tadbirlar doirasida ishga qabul qilishning shaffofligini, uning shaxsiy va kasbiy sifatlardan kelib chiqib hamda ochiqlik, adolatlilik va xolislik prinsiplari asosida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Inspeksiyaning bo‘sh lavozimlariga nomzodlar tanlovi e’lon qilingan.

Nomzodlar tanlovi Inspeksiya hududiy boshqarmalarining quyidagi lavozimlari uchun o‘tkaziladi:

- oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi va chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirilishi va ta’minotini nazorat qilish, paxta xom ashyosi, don, urug‘lar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish, texnika holati va agrotexnik tadbirlarni nazorat qilish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslari va yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘yicha katta inspektor (nomzodlarga talablar: injener-mexanik, muhandis-gidrotexnik, suv xo‘jaligi va melioratsiya, suv omborlari gidrologiyasi, gidromelioratsiya tizimlaridan foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlov berish, oziq-ovqat texnologiyasi, oziq-ovqat xavfsizligi, seleksiya urug‘chiligi, agronomiya, dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasi, zootexnik, qishloq xo‘jaligi hayvonlarini urchitish, ko‘paytirish va ularning seleksiyasi mutaxassisliklari bo‘yicha oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumot, kamida uch yil ish staji, zarur bilim va malakaga ega bo‘lish);

- axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sho‘’basi bosh inspektori (nomzodlarga talablar: zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan professional darajada foydalanish).

Nomzodlarga ko‘rsatilgan maxsus malaka talablaridan tashqari prokuratura organlariga xizmatga qabul qilish bo‘yicha barcha nomzodlarga qo‘yiladigan umumiy talablar amal qiladi.

Inspeksiya xodimlariga prokuratura organlari xodimlari uchun nazarda tutilgan barcha imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy muhofaza choralari qo‘llaniladi.

Telefon raqamlarini ko‘rsatilgan holda rezyume va boshqa ma’lumotlarni [email protected] elektron manzilga jo‘natishingizni so‘raymiz.

Ariza topshirish muddati 2018 yil 30 iyungacha.

Ma’lumot uchun telefon: (0371) 120-59-36, 120-59-20.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi.

Manzil: Toshkent shahri, Obinazir ko‘chasi, 109-uy.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prokuraturada ishlashni istaysizmi?