18:20 / 03.06.2018
6 053

Sudlanmaganlik haqidagi ma’lumotnoma Davlat xizmatlari markazlarida beriladi

Sudlanmaganlik haqidagi ma’lumotnoma Davlat xizmatlari markazlarida beriladi
Toshkent shahar va Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi fuqarolar 1 iyun kunidan boshlab sudlanmaganlik (sudlanganlik) to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish uchun Adliya vazirligi qoshidagi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishi lozim. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga tayanib Darakchi xabar berdi.

Mazkur markaz manzili sifatida Toshkent shahri, Yunusobod tumani, metroning «Minor» bekati yaqinidagi muassasa ko‘rsatilgan.

Viloyatlar hududida joylashgan shahar va tumanlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar yuqoridagi ma’lumotnomani olish uchun, yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligiga qarab, viloyat markazidagi Adliya boshqarmalari qoshidagi Davlat xizmatlari markazlariga uchrashi kerak.

Shu bilan birga, ma’lumotnomani olish uchun anketani to‘ldirish yo‘li bilan elektron ravishda «Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali» xizmatidan ham foydalanish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ziyodullo
Ziyodullo 25 июля 2021 21:08
Sudlanmaganlik haqidagi malumotnoma kerak
Yangiliklar » Jamiyat » Sudlanmaganlik haqidagi ma’lumotnoma Davlat xizmatlari markazlarida beriladi