17:53 / 07.06.2018
5 054

Samarqand viloyatida “Zil-53” va “Volvo” avtomashinalari to‘qnashib ketdi

Samarqand viloyatida “Zil-53” va “Volvo” avtomashinalari to‘qnashib ketdi
Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida “Volvo” rusumli avtomobil yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etilgan, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 6 iyun soat 05.00larda Jizzax viloyati Zomin tumanida yashovchi O.B. boshqaruvidagi “Zil-53” rusumli yuk avtomashinasini “Toshkent-Termiz” yo‘lining 1041-km.da haydab ketayotib, shu yo‘nalishda chap yon tomonda harakatlanib ketayotgan A.V. boshqaruvidagi “Volvo” rusumli avtomobil bilan to‘qnash ketgan.

Natijada avtomashinalar texnik shikastlangan. Jarohat olganlar yo‘q. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqand viloyatida “Zil-53” va “Volvo” avtomashinalari to‘qnashib ketdi