date

Jomboyda qishda ham kokos po‘stlog‘ida qulupnay etishtirilmoqda

Jomboyda qishda ham kokos po‘stlog‘ida qulupnay etishtirilmoqda

Jomboy tumanilik tadbirkor Ravshan Ravshanov sa’y-harakati bilan Janubiy Koreya texnologiyasi asosida zamonaviy issiqxona majmuasi qurilib, ishga tushirildi, deb yozadi uz24.uz.

Ayni paytda bu erda qulupnay etishtirilmoqda. Tadbirkorning ta’kidlashicha, qishning ayni qorli-qirovli kunlarida ichki bozorga 30 tonnagacha shu turdagi mahsulotni chiqarish mo‘ljallanayapti.

Tadbirkorning aytishicha, mazkur loyiha “KUTeC” O‘zbekiston — Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi bilan hamkorlikda umumiy qiymati 350 ming AQSh dollarilik investisiya hisobiga amalga oshirilgan. Qizig‘i shundaki, issiqxonada qulupnay etishtirish jarayonida tuproqdan foydalanilmaydi. Ko‘chatlar Shri-Lankadan maxsus keltirilgan kokos po‘stlog‘iga ekiladi.

Janubiy koreyalik mutaxassis so‘zlariga ko‘ra, bunday usul ko‘chatning oziqlanishini yaxshilaydi va nihollar maxsus tayyorlangan vitaminli ozuqalar bilan to‘yintirilgan suvdan, tomchilatish yo‘li orqali sug‘oriladi. Natijada, qulupnaydan 2-2,5 oyda hosil olish mumkin. Qolaversa, ushbu ekin hosilga kirishi uchun issiqxona harorati 5 darajadan yuqori bo‘lsa, kifoya.

Hozirdanoq qo‘shni mamlakatlardan ushbu servitamin mevaga buyurtmalar kela boshlagan, deb xabar beradi “Xalq so‘zi” gazetasi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Jomboyda qishda ham kokos po‘stlog‘ida qulupnay etishtirilmoqda