10:27 / 11.06.2018
8 269

Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga 7 foizlik kreditlar beriladi

Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga 7 foizlik kreditlar beriladi
Foto: Adliya vazirligi
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash jamg‘armaning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:

Jamoat ishlari jamg‘armasi va Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan ajratiladigan tegishlicha 350 milliard so‘m hamda 150 milliard so‘m miqdoridagi bir martalik beg‘araz moliyaviy yordam;

Auksion savdolarida fuqarolarga yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini sotishdan tushadigan tushumning 10 foizi;

Xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning kreditlari (qarzlari) va grantlari;

Mablag‘larni depozit hisob raqamlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;

Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi vazifalarni bajarishga yo‘naltiriladi:

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga 3 yil muddatga, shu jumladan 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 2 foizlik bank marjasini hisobga olgan holda yillik 7 foiz stavkada kreditlar berish uchun AT «Mikrokreditbank», AT «Agrobank» hamda «Xalq banki»ga resurslar joylashtirishga;

Tijorat banklari orqali Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi bo‘yicha 2 foiz bank marjasini hisobga olgan holda «Tomorqa xizmati» MChJ, qishloq xo‘jaligi sohasidagi boshqa ishlab chiqarish, qayta ishlash, tayyorlash, ta’minlash, savdo tashkilotlari hamda lizing kompaniyalariga moddiy-texnik bazani mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi texnikasi va transport sotib olish, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining issiqxonalarini qurish uchun materiallar va butlovchi qismlar xarid qilishga kreditlar berishga;

Aylanma mablag‘larga muhtoj bo‘lgan «Tomorqa xizmati» MChJlarning ustav fondini 25 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda shakllantirishga;

Fermer, dehqon xo‘jaliklariga investitsiyalarni jalb qilish va tomorqa yerlarni rivojlantirishga hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa yo‘nalishlarga.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga 7 foizlik kreditlar beriladi