11:58 / 18.06.2018
4 400

Sifatsiz shampunlarga qarshi qanday kurashish kerak?

Sifatsiz shampunlarga qarshi qanday kurashish kerak?
Foto: «Klub Miledi»
Bugun «Feysbuk»dagi «Maslahat.uz» guruhida Jasur Hakimov ismli foydalanuvchi mana bunday post qoldirdi:

«Bozordan, do‘konlardan shampun olayotganda judayam e’tiborli bo‘linglar. Qimmat shampunlarning idishiga sifatsiz shampunlar quyib sotayotganlar bor ekan.

Foto: «Feysbuk»/ «Maslahat.uz»
Balki bu kimlargadir yangilikmasdir, ammo men endi ko‘rganim uchun ogohlantirmay turolmadim».

Muallif ilova qilgan suratlarda bo‘shagan shampun idishlari qanday qilib do‘kon peshtaxtalarida paydo bo‘layotgani yaqqol aksini topgan.

Foto: «Feysbuk»/ «Maslahat.uz»
Haqiqatan ham bu ko‘pchilik uchun yangilik emas. Bu gap-so‘zlar ancha yillar oldin paydo bo‘lgan. Ammo afsuski, gap-so‘zlar hamon gap-so‘zligicha qolmoqda. Shu paytga qadar biror-bir OAVda «falon joyda qo‘lbola shampun tayyorlaganlar jazolandi» degan xabarga ko‘zimiz tushmadi, biror bir tashkilot ana shunday firibgarlarni fosh etganini aytib maqtana olgani yo‘q. Demakki, ularga qarshi iste’molchilarning o‘zlari kurashishidan boshqa yo‘l yo‘q. Hozircha.

Bunga qarshi qanday kurashsa bo‘ladi? Tabiiyki, ularni aniqlab, paymonasini to‘ldirish oson ish emas. Bunday firibgarlar osonlikcha tutqich bermaydi, aks holda bunday mahsulotlar allaqachon peshtaxtalardan supurib yuborilgan bo‘lardi.

Bu muammoni qanday hal etish uchun velosipedni qaytadan ixtiro qilish shart emas. Bu haqda avvallari ham ko‘p yozishgan. Masalan, «Telegram»dagi kanallarning birida ana shunday ogohlantirishlarning birini ko‘rish mumkin.

«eWWonline» kanalidan skrinshot
Shu narsa aniqki, bugun iste’molchining qo‘lidan keladigan yagona chorasi shu — bo‘shagan shampun idishlarini kesib, sindirib, tiklab bo‘lmaydigan ahvolga keltirib, ana shundan keyingina axlatga uloqtirish. Qachonki, firibgarlar ichiga sifatsiz shampun solishga bo‘sh idish topolmay qolsa, muammo o‘z-o‘zidan hal bo‘lishiga umid bor. Lekin buni hamma, har doim qilishi kerak. Aks holda sifatsiz shampunlar tufayli kun sayin to‘kilib borayotgan qadrli sochlarimizga ma’yus termulib yuraveramiz.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sifatsiz shampunlarga qarshi qanday kurashish kerak?