22:30 / 10.07.2018
4 802

O‘qishga kiritishni va’da bergan firibgarlar va poraxo‘r o‘qituvchilar qo‘lga olindi (video)

O‘qishga kiritishni va’da bergan firibgarlar va poraxo‘r o‘qituvchilar qo‘lga olindi (video)
Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yunusobod tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 247-sonli umumta’lim maktabi direktori Tulametova fuqaro Almasovadan farzandini maktabning 1-sinfiga o‘qishga qabul qilish evaziga 500 ming so‘m pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Toshkent milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji direktorining ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Vahobova esa o‘qishni oilaviy sharoitlar tufayli tamomlay olmagan Qoraboyevga mazkur kollejni bitirganlik to‘g‘risidagi diplomni rasmiylashtirib berish evaziga undan 400 ming so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

"Axir Vahobova ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosar bo‘la turib yoshlarimizni shu yo‘lga boshlashini qanday izohlash mumkin?", - deya savol berdi ko‘rsatuv muallifi kadr ortida.

Teledasturda ta’lim dargohidagi poraxo‘rlik hatto o‘quvchilarga ham o‘tayotgani alohida ta’kidlab o‘tildi.

"Ustozim shu ishni qilgandan keyin men ham shunga qo‘l ursam degan fikr hali ongu-shuuri to‘liq shakllanmagan bolaning xayolidan o‘tadida", - deyiladi ko‘rsatuvda.

Xususan, Chilonzor tuman tibbiyot kolleji talabasi mazkur kollejda o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi tanishi Malikov orqali fuqaro Malikovani ikkinchi mutaxassisligi bo‘yicha ushbu kollejga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga undan 500 AQSh dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtida departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, "O‘zbekiston 24" telekanali tomonidan tayyorlangan mazkur ko‘rsatuvda oliy ta’limga kiritib qo‘yaman deb, pulni sanab olayotgan vaqta bir qator firibgarlar ham qo‘lga olingani haqida xabar berildi.
Таълим тизимидаги порахўрлар

Мактабнинг биринчи синфига ўқишга олиш учун 500,000 сўм пора олган директор ёхуд таълим тизимидаги порахўрлар! Манба: ЎзМТРК

Опубликовано UZBEK TV Понедельник, 9 июля 2018 г.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘qishga kiritishni va’da bergan firibgarlar va poraxo‘r o‘qituvchilar qo‘lga olindi (video)