“Kun.uz” manbasining xabar berishicha, bugun Prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi Rustam Qosimov raisligida yigʻilish oʻtkazilgan. Yigʻilishda Neʼmatulla Ibragimov akademiya rektorligidan ketgani maʼlum qilinib, Shuhrat Akmalovich Yovqochev yangi rektor sifatida tanishtirilgan.
Uzoq yillar Sharqshunoslik institutiga rahbarlik qilib kelgan Neʼmatulla Ibragimov shu yilning aprelida tashkil etilgan akademiyaga birinchi rektor etib tayinlangandi. U nima sababdan 4 oy ichida lavozimdan olingani maʼlum emas.
Endilikda xalqaro islom akademiyasining yangi rahbariga aylangan Shuhrat Yovqochev 1964 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, 1988 yilda ToshDU (hozirgi OʻzMU)ning sharqshunoslik fakultetini tamomlagan, 1993 yilda Misr tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Diplomatiya akademiyasi diplomini olgan. Mutaxassisligi - sharqshunos va filolog. Siyosiy fanlar doktori, professor.
U 1986 yildan 1990 yilgacha Liviyada arab tili tarjimoni boʻlib ishlagan, keyinroq Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligida turli lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan, 1999-2004 yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik institutida dars bergan. 2004-2005 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida direktor, 2005-2006 yillarda Oʻzbekiston Prezidentining millatlararo munosabatlar va din masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi boʻlgan, 2006-2007 yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom universitetiga rektorlik qilgan.
2007 yildan Toshkent davlat sharqshunoslik institutida jahon siyosati kafedrasiga mudirlik qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Sharmandaga shahar keng
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi