
O‘zbekistonlik o‘quvchi Saidakbar Usmonbekov "Rossiya 1" kanalining «Ajoyib odamlar» teleshousida qatnashib, kuchli xotirasi bilan hammani lol qoldirdi.
10 yoshli bola juda kuchli xotiraga ega. U eslab qolish qobiliyati bilan tanlov tashkilotchilarining murakkab topshirig‘ini bexato bajardi.
Saidakbar mnemotexnika bilan shug‘ullanadi, robotlarni dasturlashni o‘rganmoqda. Kelajakda u o‘zi taom tayyorlaydigan mashina yaratishni reja qilgan.
"Men dasturlovchi bo‘lmoqchiman. Ushbu qobiliyatim bilan katta natijalarga erishib, Nobel mukofotini qo‘lga kiritmoqchiman. Yig‘ilgan mablag‘ni esa xayriyaga sarflayman", - deydi ko‘rsatuv yosh ishtirokchisi.
Ushbu bola haqida tayyorlangan rolikni quyidagi VIDEO orqali ko‘rishingiz mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar