«Aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishini ta’minlash va uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.
Endilikda davlat va xususiy uy-joy fondlarida ko‘rsatiladigan suv ta’minoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) xizmatlari uchun majburiy to‘lovlar oldindan 100 foizlik haq to‘lash asosida amalga oshiriladi.
Ushbu to‘lovlar to‘lanmaganida suv ta’minoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) tizimlaridan to‘liq uzib qo‘yishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.
Shuningdek, kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq pensioner pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining pensiyadan ortiqcha to‘langan summalarni ushlab qolish to‘g‘risidagi qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, aniqlangan qarzdorlik sud tartibida, uch yildan ko‘p bo‘lmagan davr uchun undirilishi belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Karantin paytida kommunal xizmatlarga to‘lov uchun imtiyozlar beriladimi?

Endi oliy ma’lumotlilar ham to‘liq 12 oy harbiy xizmatda bo‘ladi

1 iyulgacha sovuq va issiq suv sarfini hisoblash priborlari xatlovdan o‘tkaziladi

Elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lov intizomiga o‘zgartish kiritildi

Endi MIB maishiy chiqindilar uchun ham oldindan to‘lov yig‘adi

Advokatlar endi sudya boʻladi va notarius boʻlish talablari oʻzgartirildi