Mamlakatimizdagi 12 ta sudda tajriba tariqasida amaliyotga kiritilgan ushbu tajriba xalqaro anjuman ishtirokchilari tomonidan yuqori baholandi.
Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi, YEXHT loyihalari koordinatori, BMT Bolalar jamgʻarmasi, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi, F. Ebert nomidagi jamgʻarma (Germaniya) va “Mintaqaviy muloqot” tashkiloti (Sloveniya) hamkorligida xalqaro konferensiya oʻtkazilmoqda. “Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilik hamda huquqni qoʻllash amaliyotini demokratlashtirish: Oʻzbekiston tajribasi” mavzuidagi mazkur anjumanda oʻndan ziyod davlatlarning sohasi xodimlari hamda xalqaro tashkilotlarning ekspertlari ishtirok etmoqda.
Xorijlik ekspertlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari va ularning amaliy natijalari bilan yaqindan tanishmoqdalar. Xususan, “Xabeas korpus” institutini keng qoʻllash, jinoyat ishlarini yuritishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish hamda sud va tergov jarayonida fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlash borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar ularda iliq taassurot qoldirayotir. Ayniqsa, jahonda birinchi marta 12 sudda sud jarayonlarini tajriba tariqasida real vaqtda efirga uzatish yoʻlga qoʻyilganligi xorijliklar tomonidan yuqori baholandi.
Xalqaro konferensiya oʻz ishini davom ettirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Advokatura institutini rivojlantirish: O‘zbekiston va xorijiy davlatlar tajribasi

Poytaxtimizda «Toshkentda ingliz huquqi» xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda (foto)

Xorijlik ekspertlar "O‘zbekiston tarixi" telekanali yaratilishida ko‘mak beradi

Toshkentda o‘ta dolzarb mavzuda xalqaro konferensiya ish boshladi (foto)

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi malakali mutaxassislarni ishga taklif etadi

31 yanvar kuni O‘zbekistonda Lola Karimova boshchiligida xalqaro konferensiya ish boshlaydi