
Samarqand tumanida shu yil 25 oktyabr kuni Urgut tumanida yashovchi M.X. o‘zining “Kobalt” rusumli avtomashinasini “Olmaota-Toshkent-Termiz” yo‘lining 1100-km.da haydab ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan ikki nafar piyodani urib yuborgan.
Natijada piyodalardan biri S.N. jarohat olib voqea joyida vafot etgan, ikkinchi piyoda F.B. esa tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar