Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Toshkent shahri va Toshkent viloyati propiskasi haqidagi maqolasiga Kanadada istiqomat qilayotgan yurtdoshimiz Farhod Fayzullayev munosabat bildirdi.
«O‘zim Toshkentda tug‘ilib o‘sganman, propiska men uchun hech qachon muammo bo‘lmagan. Ammo bir yaqin tanishim haqida gapirib bermoqchiman», deb yozadi u.
2007—2014-yillarda bir dasturchi bilan ishlaganman. O‘zi marhamatlik, lekin bir necha yildan beri Toshkentda muqim yashardi. Juda kuchli dasturchi edi, oyiga bemalol 2000—3000 dollar topardi. Chilonzorda kvartirasi bor, ayoli esa Toshkentda faoliyat yuritadigan halqaro tashkilotlardan birida ishlardi. Qisqasi, muvaffaqiyatli oila edi.
Tabiiyki, Toshkentda propiskasi yo‘q edi. Shu sababli o‘z peshona teri bilan halol topgan puliga olgan kvartirasini o‘z nomiga rasmiylashtira olmagan. Farzandlari ham sekin-asta katta bo‘lib, ularni maktabga berish muammosi tug‘ildi. Ammo propiska jonivor yo‘q, bosh esa qotgan.
Fursati kelganda, sayyoh sifatida necha haftaga Germaniyaga borib keldi. O‘shandan keyin ketishga ahd qildi. Yuqorida aytuvdim-a, kuchli programmist deb. Shuning uchun ham bir oyga qolmay ish topdi va uch oy o‘tmay Germaniyaga ravona bo‘ldi.
Yaqinda gaplashdim — yaxshi ishlab, yaxshi yashab yuribdi. Albatta, vatanini sog‘inayotgandir, ammo Vatan uning bemalol ishlab, yashashini unchalik ham xohlamadi.
Men bitta misol keltirdim. Bunaqa misollar son mingta. Shu propiska muammosi deb qanchadan-qancha vatandoshlarimiz chet elga ketib qolyapti.
Xulosa o‘zingizdan.
Kanadada propiska yo‘qmi? BOR!
Uni olish juda oson. Siz ro‘yxatga qo‘yilgan manzil yo ID-kartangizda, yoki «prava»ngizda yozilgan bo‘ladi. Juda ko‘p tashkilotlar manzilingizni so‘raydi va o‘sha hujjatlardan birini ko‘rsatishingiz mumkin.
ID-karta olish uchun siz o‘sha manzilda chindan ham istiqomat qilayotganingizni isbotlab berishingiz kerak. Isbotlash uchun (shu jumladan) kommunal to‘lovlar kvitansiyasini ko‘rsatsangiz bas, undagi manzilni haydovchilik guvohnomangizga tushirib berishadi.
Kommunal xizmatlar manzilingizni qayerdan oladi? Shunchaki telefon orqali aytasiz ularga, vassalom. Ya’ni, propiska uchun kommunal xizmatlar kompaniyasiga telefon orqali aytgan manzilingiz kifoya. Osongina, — deb o‘z hikoyasini yakunlagan Farhod Fayzullayev. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi