"Achchiq-chuchuk" qimmatga tushmoqda – bodring narxi bir oyda 2 baravar, pomidorniki esa 1,5 baravar oshgan

Joriy yilning noyabr oyida meva-sabzavotlar orasida narxi eng ko‘p oshgani bodring va pomidor bo‘ldi. Bodring narxi 2,3 baravar oshgan bo‘lsa, pomidor 1,5 baravar qimmatlagan. Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlari shundan dalolat beradi.
Meva-sabzavotlar narxining bir oy ichida keskin oshishiga yig‘im-terim mavsumining yakunlanishi asosiy omil bo‘lgan. "Biroq 2018 yilning noyabr oyidagi bodring narxi uning 2017 yilning dekabridagi narxidan 31,6 foiz, pomidor narxi esa 34,3 foiz arzonroqdir", – deya ta’kidlanadi ma’lumotda.
Meva va sabzavotlar umumiy narxi noyabr oyida o‘rtacha 6,5 foiz oshgan. Joriy yilning aprel oyida meva-sabzavotlar narxi bir oyda 19,5 foiz oshgan, avgust oyida esa narxlar 20,5 foiz arzonlashgan edi.
Umuman, noyabr oyida O‘zbekistonda iste’mol narxlari 2,3 foiz oshgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Meva-sabzavotlar narxining bir oy ichida keskin oshishiga yig‘im-terim mavsumining yakunlanishi asosiy omil bo‘lgan. "Biroq 2018 yilning noyabr oyidagi bodring narxi uning 2017 yilning dekabridagi narxidan 31,6 foiz, pomidor narxi esa 34,3 foiz arzonroqdir", – deya ta’kidlanadi ma’lumotda.

Izohlar 0
…