Foto: Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi
Bojxonachilar “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l stansiyasida o‘q-dorilarni fosh etishdi. Amaldagi tartib-qoidalarga ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga o‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni olib kirish mumkin emas. Bojxona xodimlari tomonidan bu kabi salbiy holatlarni oldini olish yo‘nalishida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
“Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l stansiyasida 324-sonli “Volgograd-Toshkent” yo‘lovchi poyezdida harakatlanayotgan fuqaro Q.U.ning harakatlari bojxona xodimlarida shubha uyg‘otdi. U joylashgan vagon kupesi bojxona nazoratidan o‘tkazilishi davomida yostiq ichiga 75 dona ov miltig‘i gilzalari va 5 kg droblarni yashirgan holda yurtimizga olib kirayotgani aniqlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi katta inspektori, bojxona xizmati kapitani Jenisbay Saparbayevning ma’lum qilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi