16:10 / 08.12.2018
4 348

Prezident: «Jamiyatimizda hanuzgacha boqimandalik kayfiyati butunlay barham topgani yo‘q»

Prezident: «Jamiyatimizda hanuzgacha boqimandalik kayfiyati butunlay barham topgani yo‘q»
«O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida 7 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev ma’ruza qildi.

«Afsuski, jamiyatimizda hanuzgacha boqimandalik kayfiyati butunlay barham topgani yo‘q.

Barchamiz bir narsani tushunib olishimiz kerak: yaxshi yashash uchun eng avvalo yaxshi mehnat qilish, huquq va erkinlik bilan birga, javobgarlik va mas’uliyatni ham chuqur his etishimiz zarur. Bunga erishish esa, faqat va faqat o‘zimizga bog‘liq.

Ko‘zlagan marralarimiz qanchalik yuksak va mashaqqatli bo‘lmasin, ularga yetish uchun barcha imkoniyatlarimiz mavjud. Ajdodlarimiz merosi, xalqimizning ilmiy va bunyodkorlik salohiyati hamda tadbirkorlik fazilati bizga bu yo‘lda beqiyos kuch-qudrat manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Biz xalqimizning farovon hayotini, farzandlarimizning yorug‘ kelajagini ta’minlash uchun bundan buyon ham bir tanu bir jon bo‘lib, bor salohiyat, bilim va tajribamizni safarbar etishimiz lozim.

Yurtimiz tinchligi, Vatanimiz ravnaqi, fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini ta’minlash, o‘g‘il-qizlarimizning ilmga, hunarga bo‘lgan intilishlarini har tomonlama kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash kelgusida ham islohotlarimiz markazida bo‘ladi.

Biz tashqi siyosatimizda uzoq va yaqin qo‘shnilarimiz bilan do‘stlik aloqalarini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylab, barcha sohalarda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantiramiz», - dedi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident: «Jamiyatimizda hanuzgacha boqimandalik kayfiyati butunlay barham topgani yo‘q»