4 359
Prezident: «Jamiyatimizda hanuzgacha boqimandalik kayfiyati butunlay barham topgani yo‘q»
«O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida 7 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev ma’ruza qildi.
«Afsuski, jamiyatimizda hanuzgacha boqimandalik kayfiyati butunlay barham topgani yo‘q.
Barchamiz bir narsani tushunib olishimiz kerak: yaxshi yashash uchun eng avvalo yaxshi mehnat qilish, huquq va erkinlik bilan birga, javobgarlik va mas’uliyatni ham chuqur his etishimiz zarur. Bunga erishish esa, faqat va faqat o‘zimizga bog‘liq.
Ko‘zlagan marralarimiz qanchalik yuksak va mashaqqatli bo‘lmasin, ularga yetish uchun barcha imkoniyatlarimiz mavjud. Ajdodlarimiz merosi, xalqimizning ilmiy va bunyodkorlik salohiyati hamda tadbirkorlik fazilati bizga bu yo‘lda beqiyos kuch-qudrat manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Biz xalqimizning farovon hayotini, farzandlarimizning yorug‘ kelajagini ta’minlash uchun bundan buyon ham bir tanu bir jon bo‘lib, bor salohiyat, bilim va tajribamizni safarbar etishimiz lozim.
Yurtimiz tinchligi, Vatanimiz ravnaqi, fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini ta’minlash, o‘g‘il-qizlarimizning ilmga, hunarga bo‘lgan intilishlarini har tomonlama kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash kelgusida ham islohotlarimiz markazida bo‘ladi.
Biz tashqi siyosatimizda uzoq va yaqin qo‘shnilarimiz bilan do‘stlik aloqalarini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylab, barcha sohalarda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantiramiz», - dedi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi
Global Janub kimniki?
Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik
Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi"