
Ishlayotgan pensionerlarga kelasi yildan pensiyalar to‘la miqdorda to‘lanadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
«Konstitutsiyamizda aholining muhim ijtimoiy huquqi sifatida kafolatlangan pensiya ta’minoti kelgusi yillarda ham eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qoladi», - deya ta’kidlab o‘tdi davlat rahbari.
Uning qo‘shimcha qilishicha, 2019 yildan boshlab pensiya to‘lovining yuqori chegarasi eng kam oylik ish haqining 8 barobaridan 10 barobariga oshiriladi va ishlayotgan pensionerlarga pensiyalar to‘la miqdorda to‘lanadi.
Ishlayotgan pensionerlarga pensiyani to‘la miqdorda to‘lashni nazarda tutuvchi hujjatlar loyihasi joriy yilda bir necha marta e’lon qilindi, biroq ular qabul qilingani haqida xabar berilmadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar