Nukus shahrining Otchopar maydonida Hosil bayrami munosabati bilan qator musobaqalar tashkil etildi.
Bayram tomoshalari arqon tortish musobaqasi bilan boshlandi. Unda Chimboy tumani birinchi, Qo‘ng‘irot tumani ikkinchi, Amudaryo tumani sportchilari uchinchi o‘rinni egalladi.
Bosh sovrin uchun gilamga kurash bo‘yicha bir necha bor Qoraqalpog‘iston chempioni, jangovar sambo bo‘yicha O‘zbekiston chempioni shumanaylik Miyirbek Abdixaliqov va kurash, dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempioni, Xo‘jayli tumanidan Zarapatdin Turdimuratovlar chiqdi. Bir-biriga munosib polvonlar bellashuvida Zarapatdin Turdimuratov g‘olib chiqib, bosh sovrin Prezidentimizning sovg‘asi “Spark” avtomashinasi bilan taqdirlandi.
Otchopar maydoni bo‘ylab otda bir, besh, yetti, o‘n aylanish musobaqasini ko‘pchilik qiziqish bilan kuzatdi. O‘n aylanish bo‘yicha marraga birinchi bo‘lib Qorao‘zak tumanidagi 3-umumta’lim maktabining 1-sinf o‘quvchisi Aysuluv Shalabayeva yetib keldi. G‘olibaga bosh sovrin – “Cobalt” avtomashinasining kaliti topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"