18:58 / 19.12.2018
4 083

Rashid Qodirov tergovi yakunlanish arafasida

Rashid Qodirov tergovi yakunlanish arafasida
Xalqaro press klubning huquq-tartibot organlari ishtirokida o‘tkazilgan sessiyasida jurnalistlar tomonidan O‘zbekistonning sobiq bosh prokurori Rashid Qodirov ishi bo‘yicha yangi tafsilotlar haqida ma’lumot berish so‘raldi.

«O‘zbekiston Respublikasining sobiq bosh prokurori Rashid Qodirovga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha tergov jarayoni yakunlanish arafasida. Bu jinoyat ishi yakunlari bo‘yicha ma’lumotlar batafsil yetkaziladi. Buni mamlakatimiz rahbari ham bir necha bor takrorlagan. Demak, jinoiy ishning natijalari keng ommaga oshkor qilinadi.

Sud jarayoni qachon boshlanishi, qayerda bo‘lib o‘tishi haqida rasmiy ma’lumotlar beriladi.

Hech narsa sir tutilmaydi. Qonun oldida barcha barobar. Katta mansabdor shaxsmi, kichikroq mansabdormi, barcha o‘zining xatti-harakatlari uchun tegishli jazosini oladi», deya O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz nashri.

O‘zbekiston prokuraturasini 2000 yildan 2015 yilning apreligacha, 15 yil davomida boshqargan Rashid Qodirov 2018 yilning 22 fevralida Toshkent shahrida Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida qo‘lga olingandi. Unga nisbatan «Tovlamachilik», «Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish», «Pora olish» moddalari bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. Shuningdek, ushbu jinoyat ishi bo‘yicha bosh prokurorning sobiq o‘rinbosarlari hamda Toshkent viloyatining sobiq prokurorlari bo‘lmish Jamshid Fayziyev va Ulug‘bek Sunnatov ushlangandi.

Keyinroq ushbu ish doirasida yana o‘ndan ortiq kishi qamoqqa olindi. Ular orasida «Toshkentni titratgan prokuror» - Toshkent shahar prokurorining korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlar bo‘yicha sobiq o‘rinbosari, «Antibiotik» laqabli adliya maslahatchisi Mirag‘lam Mirzayev va unga yaqin bo‘lgan boshqa prokurorlar ham bor edi.

«Qodirov ishi» ishi doirasida jami 21 kishi qamoqqa olingan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yilning aprelida Andijon viloyatiga tashrifi vaqtida o‘tkazilgan yig‘ilish vaqtida sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov televideniye orqali gapirtirilishi haqida aytib o‘tgandi.

Shu yilning sentyabr oyida OAVda O‘zbekistonning sobiq bosh prokurori Rashid Qodirov hamda Toshkent prokurorining sobiq o‘rinbosari Mirag‘lam Mirzayev ustidan sud boshlangani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Rashid Qodirov tergovi yakunlanish arafasida
[/banner_pushhouse